"Tottenxem"ning iste'dodli darvozaboni APLning boshqa klubiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Jurnalist Ben Jeykobsning Aleks Kruk ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, Londonning "Vest Xem" klubi "shporlar" bilan 22 yoshli darvozabon Antonin Kinskiyni joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, "bolg'achilar" kelishuvga futbolchini sotib olish imkoniyatini ham qo'shmoqchi. Uning transfer narxi Transfermarkt portalida 13 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Antonin Kinskiy "Tottenxem" safida Angliya Liga kubogida ikkita o'yinda maydonga tushdi. U "shporlar" safida jami 12 ta o'yin o'tkazgan. O'tgan yilning yanvarida londonliklar uni Praganing "Slaviya" klubidan 16 million evroga xarid qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368