Karrager "Arsenal"ga nima etmayotganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Taniqli mutaxassis Jeymi Karrager bu mavsumda "Arsenal"ga nima etishmayotganini aytdi.
"Arsenal"ga hujum chizig'ida haqiqiy yulduz etishmayapti, deb hisoblayman. Agar hozir APLda mavsumning ramziy terma jamoasini tuzmoqchi bo'lsangiz, unga "Arsenal"ning birorta hujum chizig'i futbolchisi kira olmaydi. Bu umuman normal holat emas, APL chempionligi uchun kurashayotgan jamoada bunday bo'lmasligi kerak", dedi Karrager.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" o'tkazilgan 23 turdan keyin 50 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar"ning Angliya chempionatidagi joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari Viktor Dyokeresh bo'lib, u 5 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325