Konte Kostaga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 627

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi" sobiq hujumchisi Diego Kostaning bayonotlariga munosabat bildirdi.
"Rostini aytsam, men gazetalarda odamlar nima deyayotganini o'qish uchun kuch sarflaydigan odam emasman. Futbol atrofida ziyoli, aqlli odamlar borligini, ahmoq odamlar borligini juda yaxshi bilaman, shuning uchun aqllilarning ham, ahmoqlarning ham maqolalarini o'qishga vaqt sarflamayman.
Diego Kosta menda bir mavsum o'ynadi, shuning uchun men futbol haqida gapira olaman. Biz birgalikda Angliya chempionligini qo'lga kiritdik va u bir mavsumda uch marta ketmoqchi bo'ldi. Men buni bilaman. "Chelsi"dan keyin unga nima bo'lganini bilmayman", - dedi Konte "Napoli"ning Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Bosh sahifaga
317