"Nyukasl" safida 12 yildan buyon harakat qilib kelayotgan himoyachi jamoani tark etish istagini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

"Nyukasl" markaziy himoyachisi Jamal Lassells yanvar oyida jamoadan ketishi mumkin.
The telegraph xabariga ko'ra, 32 yoshli ingliz futbolchisi klub rahbariyatiga o'zi mos taklif olsa, jamoani tark etishi haqida xabar bergan.
Lassells "qarg'alar" safiga 2014 yilda "Nottingem Forest"dan 5 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. Transfermarkt hozirda uni 2 million evroga baholamoqda.
Jamal joriy mavsumda 2 ta o'yinda jami 19 daqiqa maydonda harakat qildi. U hozirda mushak jarohatini davolamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303