Yildiz "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 600

Turinning "Yuventus" klubi turkiyalik vinger Kenan Yildiz bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tuttosport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar hamkorlikni 2031 yilgacha uzaytirishga yaqin. 20 yoshli futbolchining maoshi yiliga olti million evroni tashkil etadi.
Kenanning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Turkiyalik futbolchining transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Yildiz 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307