"Yuventus" APLdan hujumchi olib kelishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

Angliyaning "Everton" klubi sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli hujumchi Betuning Italiya A Seriyasida ishlash varianti bor.
Manbaga ko'ra, futbolchining transferiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" hujumchini 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Ijara muddati tugagach, Turin grandi Betuni sotib olishi mumkin bo'ladi. Qayd etish joiz, futbolchining bozor narxi 20 million evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda forvard "irislar" safida 26 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchining ingliz klubi bilan mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315