Fernandesh kelajak haqida qachon qaror qabul qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Portugaliyalik yulduz yarim himoyachi Brunu Fernandesh joriy mavsumni "Manchester Yunayted"da yakunlaydi, shundan so'ng kelajagi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, tajribali xavbekning "qizil iblislar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Shartnomada bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko'rsatilgan.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 31 yoshli Fernandesh 20 ta uchrashuv o'tkazdi.
Yarimhimoyachi beshta gol va o'nta golli uzatma muallifi bo'ldi. So'nggi turda "Manchester Yunayted" safarda Londonning "Arsenal" klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308