"Barselona" futbolchisining qarori "Chelsi"ni ranjitdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 911

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachi Fermin Lopes Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagani haqidagi xabarlardan xafa bo'ldi. Bu haqda The Touchline ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi xabar bermoqda.
"Pensionerlar" lagerida ispanni jamoaning o'rta chizig'iga ajoyib kuchaytiruvchi deb hisoblashardi. "Chelsi" Lopesga "Barselona"dan ko'ra foydaliroq shartnoma taklif qila olishiga ishongan eda. Fermin va Kataloniya grandi o'rtasidagi yangi shartnoma 2031 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 yoshli yarimhimoyachi 15 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304