"Bornmut" Ximenesni "Milan"dan sotib oladi, "Real" summaning 50 foizini oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

Qanot himoyachisi Aleks Ximenes mavsum yakunida "Bornmut" tomonidan "Milan"dan sotib olinadi.
"Milan" yozgi transferlar vaqtida 20 yoshli ispaniyalikni ma'lum shartlar asosida sotib olish sharti bilan ijaraga berdi.
The Athletic xabariga ko'ra, Aleksga "Bornmut"da sotib olish majburiyati faollashishi uchun atigi ikkita o'yin o'tkazish qoldi.
Shundan so'ng, "olchalar" Ximenes transferi uchun 19,5 million evro to'laydi, yana 5 millioni bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan.
"Milan" dastlabki 5 million va qolgan mablag'ning 50 foizini oladi. Qolgan 50 foizni "Real" qo'lga kiritadi.
Ximenes APLda 19ta o'yinda maydonga tushib, "Liverpul" darvozasiga gol urdi va 5ta sariq kartochka ishlab oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310