"Bayer" yangi darvozabon transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

Leverkuzenning "Bayer" klubi o'z safiga "Borussiya" Myonxengladbax darvozaboni Yonas Omlinni qo'shib oldi. Bu haqda "dorishunoslar" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Leverkuzenliklar 32 yoshli shveytsariyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Omlin birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Shveytsariyalik futbolchi "Borussiya" safida 2023 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. U 36 ta o'yinda qatnashib, 63 ta to'p o'tkazib yuborgan.
Germaniya chempionatining 18-tur yakunlariga ko'ra, "Bayer" 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282