"Borussiya" D braziliyalik iqtidorli himoyachi transferini hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

"Borussiya" D "Kruzeyro"ning chap qanot himoyachisi Kaun Pratesni o'z safiga qo'shib oladi.
Klublar 17 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim summasi bonuslar bilan birga 12 million evroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Patrik Berger.
"Borussiya" va Prates 2031 yilgacha shartnoma imzolashga kelishib oldi, so'nggi detallarni hal qilish qoldi. Futbolchi yozda Dortmund klubi safiga borib qo'shiladi.
"Kruzeyro"ning asosiy jamoasi safida Kaun 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395