Jaloliddin Masharipov ham Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

Eronning "Istiqlol" klubi va O'zbekiston milliy jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov jarrohlik amaliyotiga rozi bo'ldi, tez orada operatsiya qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Legionaries xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli futbolchimiz nihoyat jarrohlik amaliyotini o'tkazishga rozilik bergan. U yaqin kunlarda BAAda tizzasidan operatsiya qilinishi kutilmoqda. Amaliyot Karim Benzemaning operatsiyasini ham amalga oshirgan tajribali frantsiyalik shifokor nazorati ostida o'tishi aytilmoqda.
Shuningdek, keyingi davolanish va fizioterapiya jarayonlarini davom ettirish uchun futbolchi Qatardagi Aspire lageriga yo'l olishi mumkin.
Bu operatsiya sabab Masharipov katta ehtimol bilan JCh-2026'ni o'tkazib yuborishi mumkin.

Bosh sahifaga
397