IFFHS 2025 yilning Osiyo ramziy terma jamoasini e'lon qildi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 579

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o'tgan yil yakunlariga ko'ra OFK hududining eng kuchli futbolchilaridan iborat tarkibni taqdim etdi.
Biz uchun quvonarli jihati, ushbu nufuzli jamoadan hamyurtimiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi!
Tarkib bilan tanishing:
Darvozabon: Sion Suzuki (Yaponiya)
Himoyachilar: Reo Xatate (Yaponiya), Kim Min Je (Janubiy Koreya), Abduqodir Husanov (O'zbekiston)
Yarim himoyachilar: Kan-In Li (Janubiy Koreya), Mohamed Kanno (Saudiya Arabistoni), Kayshu Sano (Yaponiya), Ritsu Doan (Yaponiya)
Hujumchilar: Salim Al-Davsari (Saudiya Arabistoni), Son Xyong Min (Janubiy Koreya), Takefusa Kubo (Yaponiya)

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289