"PSJ" Reshfordni "Barselona"dan tortib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 494

Yozgi transferlar vaqtida "PSJ" joriy mavsumni "Barselona"da ijara asosida o'tkazayotgan "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshfordni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.
Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko'ra 28 yoshli hujumchiga "PSJ" anchadan buyon qiziqish bildirmoqda. Agar "Barselona" ijara muddati tugagach, 30 million evroga sotib olish optsiyasini faollashtira olmasa, yozda parijliklar futbolchi uchun kurashga qo'shilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Reshfordning o'zi "Barselona"da qolishni istashi ta'kidlanmoqda.
Kataloniyaliklar safida futbolchi barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 12 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
276