Arteta: "Har qanday fikrga ochiqmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning sobiq sardori Patrik Vieyraning jamoaning "Manchester Yunayted"ga qarshi 2:3 hisobidagi mag'lubiyatidan keyingi fikrlariga munosabat bildirdi.
Mashhur frantsuz futbolchisi yakshanba kuni "qizil iblislar"ga qarshi o'yin natijalari haqida fikr bildirib, "kanonirlar"da ruhiy bardosh yo'qligini ta'kidlagandi.
"Vieyraning fikrlari? Bu yaxshi, biz har qanday fikrga ochiqmiz. Biz Milanda ["Inter"ga qarshi] ajoyib o'ynadik, ammo bugun biz unchalik ajoyib emas edik.
Biz ishtirok etgan o'yinlar sonini hisobga olsak, buni ruhiy muammolar bilan bog'lash mumkinmi, bilmayman", dedi Arteta matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276