"Chelsi" Palmerga ideal sherik olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

"Chelsi" Koul Palmerga sherik sifatida Morgan Rojersni olib kelishga intilmoqda. Bu haqda TEAMtalk’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.
O'z vaqtida Palmer va Rodjers "Manchester Siti" yoshlar jamoasida birga o'ynagan. Morgan hozirda "Aston Villa" sharafini himoya qilmoqda va 2031 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnomaga ega.
Rojers anchadan beri "Chelsi"ning nishoni bo'lib turibdi. "Aristokratlar"ning fikricha, ushbu futbolchi maydonda Palmerning o'rnini to'liq to'ldiradi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 23 yoshli Morgan Rojersni 70 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320