"Barselona" himoyachi transferi bo'yicha kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

"Barselona" chap qanot himoyachisi borasida kelishuvga erishdi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "ko'k-anorranglilar" tarkibini urugvaylik Patrisio Pasifiko to'ldiradi.
Kataloniyaliklar 19 yoshli Pasifikoni "Defensor Sporting"dan ijaraga olishmoqda. Kelishuvda 1,8 million evroga sotib olish imkoniyati va bonuslar ko'rsatiladi. Muayyan shartlar asosida sotib olish majburiy bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, Patrisio Pasifiko "Barselona B" safida o'ynay boshlaydi.
"Barselona"ning birinchi jamoasi 28 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304