Garner: "Birinchi bo'lim unchalik emas, ammo ikkinchi bo'limda g'alaba qozonish mumkin edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Angliya chempionatida 23-tur o'yinlari yakunlandi, "Everton" o'z maydonida "Lids"ni mag'lub eta olmadi. Yarim himoyachi Jeyms Garner o'yin haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo'limda sust harakat qildik, to'plarga ulgurmadik, uchrashuvning ikkinchi yarmida jiddiy o'zgarishlar qilishga majbur bo'ldik. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Safarda ishimiz yaxshi ketyapti, ammo uyda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak," - deya Garnerning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya chempionatining navbatdagi 24-turida "Everton" "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309