Florentsi "Roma"ning "Milan" bilan durangi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313

Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq futbolchisi Alessandro Florentsi "Roma" va "Milan"ning o'tgan o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Roma"ning birinchi bo'limi halokatli bo'ldi. G'alati, gol urilmadi, lekin u erda Mayk Menyan ajoyib o'ynadi. "Milan"ga esa gol urish uchun ko'p narsa kerak emas, buni ikkinchi bo'limda ham ko'rdik. Skudetto? Menimcha, endi ikkinchi o'rin uchun kurash haqida gapirish mumkin, birinchi o'rin egasi men uchun aniq" - deya Alessandro Florentsining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasi turnir jadvalida "Inter" "Milan"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336