Fer Lopes yana La Ligaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

21 yoshli hujumkor yarim himoyachi Fer Lopes "Vulverxempton"ni tark etib, La Ligaga qaytdi. Bundan buyon u yana "Selta" safida to'p tepadi, u joriy futbol mavsumi yakuniga qadar ijaraga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Lopes asli madridlik bo'lsa-da, professional futboldagi faoliyatini aynan "Selta"da boshlagan va u erda asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2025 yilning yozida Lopes "Vulverxempton" futbolchisiga aylandi, "bo'rilar" uni 23 million evroga sotib olishdi.
Shunga qaramay, Angliyada APLning asosiy autsayderi sifatida Lopesning omadi kelmadi. Yosh futbolchi "bo'rilar"ning ketgan etakchilariga o'rinbosar bo'la olmadi va atigi 12 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Selta" Primera joriy mavsumida evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Galisiyaliklar ettinchi o'rinda va 32 ochkoga ega.

Bosh sahifaga
438