"Bavariya" Upamekano bilan bog'liq vaziyatga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Bavariya"da sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl Dayo Upamekanoning kelajagi haqida fikr bildirdi. Amaldagi shartnoma 27 yoshli frantsuzni myunxenliklar bilan joriy mavsum yakuniga qadar bog'lab turibdi.
"Upamekanodan javob kutamiz," - deya Eberlning so'zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq, matbuotda "Bavariya" Upamekano uchun yangi shartnoma bo'yicha taklifni yaxshilamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bavariya" safida Dayo Upamekano jami 176 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 11 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390