"Yuventus" "Manchester Yunayted" hujumchisini transfer qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3201

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Sky Italy nashri tarqatgan xabarga ko'ra turinliklar 24 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Niderlandiyalik hujumchi "Manchester Siti" va "Arsenal"ga qarshi Premer-liganing so'nggi ikki o'yinida "Yunayted" tarkibiga kiritilmadi.
Avvalroq, futbolchiga Italiyaning yana bir klubi - "Roma" qiziqish bildirayotgan edi.
Manbaga ko'ra, Zirkzeening o'zi Manchesterda qolishni afzal ko'radi, ammo o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, ketish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389