"Roma" "Atletiko" himoyachisi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Roma" Madridning "Atletiko" klubi chap qanot himoyachisi Matteo Rujeri xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Rim klubi himoyani kuchaytirish uchun futbolchi qidirmoqda va 23 yoshli italiyalik futbolchini joriy transferlar davrida qo'lga kiritish uchun ustuvor variant sifatida ko'rmoqda.
Ispaniya grandi rahbariyati chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga munosib o'rinbosar topa olsagina, Rujerini qo'yib yuborishga tayyor.
Matteo joriy mavsum 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390