Pato ingliz klubini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 694

Braziliya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq hujumchisi Aleshandre Pato Angliya Ikkinchi ligasi vakili "Kolchester Yunayted"ni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda Britaniya matbuoti.
36 yoshli futbolchi 2023 yilda faoliyatini yakunlagan, u faoliyati davomida 100 million funt shaxsiy boylik to'plagan.
Patoni o'tgan hafta oxirida "Kolchester Yunayted"ning "Flitvud Taun"ga (2:1) qarshi o'yinida payqashgandi. Esseks grafligidagi klub sotuvga qo'yilgan va tez orada uning yangi egasi A Seriyaning sobiq forvardi bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388