"Real" jarohatdagi futbolchilar haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 841

"Real" Chempionlar ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi mashg'ulot o'tkazdi.
"Qaymoqranglilar" saytida ayrim futbolchilar haqida ma'lumot berildi. Ma'lum bo'lishicha, Kilian Mbappe individual dastur bo'yicha o'rtacha mashg'ulot o'tkazgan.
"Ryudiger mashg'ulotning bir qismini umumiy guruhda o'tkazdi, keyin esa individual tarzda ishladi. Mbappe va Karreras o'rtacha individual mashg'ulot o'tkazdi. Militao zalda, Mendi esa individual tarzda maydonda va xonada shug'ullandi", - deyiladi "Real" xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Benfika" va "Real" o'rtasidagi bahs 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326