Lunin klubga kelajakdagi rejalari haqida ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 717

"Real" darvozaboni Andrey Lunin joriy mavsum yakunlangach, Madrid klubini tark etishga qaror qildi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
26 yoshli ukrainalik futbolchi o'yin vaqti cheklanganidan norozi va yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa kelganiga qaramay, asosiy darvozabon bo'lish istiqbolini ko'rmayapti. Lunin allaqachon "qaymoqranglilar" rahbariyatini jamoasini o'zgartirishi haqida ogohlantirgan.
Andrey joriy mavsum "Real" safida uchta rasmiy o'yin o'tkazdi. Qayd etilishicha, Lunin nomzodiga Angliya Premer-ligasi klublari ko'proq qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320