"Manchester Siti" Bundesliga yulduzini kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"RB Leyptsig" klubi qanot hujumchisi Yan Diomandega "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Leyptsig" 19 yoshli iste'dodi uchun 100 million evro talab qilmoqda, chunki klubning maqsadi yangi transfer rekordini o'rnatishdir. Ayni paytda "RB Leyptsig" tarixidagi eng katta sotuv aynan "Manchester Siti"ga 88 million evroga tushgan Yoshko Gvardiol bo'lib turibdi.
Diomande joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, Diomandaning bozor narxi 45 million evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287