Valdano: "Real" futbolchilari jipslashgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1042

"Real"ning sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi jamoa o'yinidagi ustunliklarni ta'kidlab o'tdi.
"Arbeloa futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish vazifasini a'lo darajada uddalamoqda.
"Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (2:0) jamoa ko'rsatgan motivatsiya ajoyib edi.
Futbolchilar butun o'yin davomida - 1-daqiqadan 90-daqiqagacha to'liq jipslikda harakat qilishdi. Bu narsa Xabi Alonso davrida bo'lmagan.
Alonso davrida futbolchilar 20-25 daqiqa davomida murabbiyning ko'rsatmalarini bajargandek tuyuldi, keyin esa jamoa parchalana boshladi. Natijada u yomon o'yin ko'rsatdi", - dedi Xorxe Valdano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270