Saudiya klubi Xulian Alvaresga katta taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Al-Ahli" "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresni sotib olmoqchi.
Saudiya klubi 100 mln evrolik taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, Madrid klubi hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Avvalroq, futbolchiga "Arsenal" va "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Xulian Alvares "Atletiko" safida 28 ta uchrashuv o'tkazdi. Unda hujumchi 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331