"Flamengo" Paketa transferi ustida ishlashda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 415

"Flamengo" Angliyaning "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Lukas Paketani o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Avvalroq, vataniga qaytishni istagan futbolchining o'zi barcha shartlarni kelishib olganiga qaramay, braziliyaliklar 40 million evrolik taklifdan keyin rad javobini olgani ma'lum bo'lgandi. Manbaga ko'ra, "Flamengo" taklif qilinayotgan summani yana 1 millionga oshirishga tayyor.
28 yoshli Paketa mavsumda 19 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344