Ter Shtegen "Jirona" safida hozircha o'ynay olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 662

"Jirona" safiga ijara asosida kelib qo'shilgan Mark-Andre ter Shtegen ro'yxatdan o'tishda muammolarga duch keldi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
La Ligada amalda bo'lgan qoidalarga ko'ra, darvozabonlar faqat 1, 13 va 25-raqamlarda o'ynash huquqiga ega. Ularning hammasi "Jirona"da band edi. Endi klub uch darvozabon - Dominik Livakovich, Vladislav Krapivtsov yoki Paulo Gassanigalardan biri bilan xayrlashishi kerak.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "Jirona" Dominik Livakovichni Zagrebning "Dinamo" klubiga jo'natadi, shundan so'ng ter Shtegen ro'yxatdan o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344