"Bornmut" "Milan" futbolchisini sotib olmoqchi. "Real" bu kelishuvdan katta foyda oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

"Milan" himoyachisi Aleks Ximenes to'liq "Bornmut" a'zosiga aylanishi mumkin. Joriy mavsumni 20 yoshli ispaniyalik ijara asosida Angliyada o'tkazmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoga ma'lum bo'lishicha, agar hammasi ko'ngildagidek ketsa, "Bornmut" Ximenesni yozgi transfer oynasida "Milan"dan sotib oladi. Kelishuv qiymati 22 million evroni tashkil etadi, shundan 11 millioni "Real"ga tegadi. Eslatib o'tamiz, Ximenes "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ximenes joriy mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335