Maldinining o'g'li Italiya top-klubiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

"Atalanta" yarim himoyachisi Daniel Maldini klubini o'zgartirishga yaqin turibdi.
"Milan" afsonasi Paolo Maldinining o'g'li 2025 yilning fevralidan beri bergamoliklar sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Atalanta" "Latsio" bilan futbolchining Rim klubiga o'tishi borasida kelishuvga erishgan.
Kichik Maldinining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati sakkiz million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242