APLda joriy mavsum faqat bir jamoa o'z maydonida mag'lubiyatga uchramadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

Yakshanba kuni "Manchester Yunayted" "Arsenal"ning Premer-liga doirasidagi uy uchrashuvlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.
"To'pchilar" "Emireyts"da "qizil iblislar"ga 2:3 hisobida yutqazdi - bu Mikel Arteta jamoasining chempionatning joriy mavsumida o'z uyida birinchi mag'lubiyati bo'ldi. Shu tariqa, APLda o'z maydonida biror marta ham yutqazmagan yagona jamoa - "Sanderlend" qoldi. "Qora mushuklar" o'z maydonida oltita o'yinda g'alaba qozondi, yana beshta holatda durang qayd etildi.
23-turdan so'ng "Sanderlend" 33 ochko bilan turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, jamoa uchun bu uzoq yillar davomida Angliya oliy divizionidagi ilk mavsum hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252