"PSJ" va Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Indoneziya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"PSJ", "Monako" va Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Leven Kyurzava faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi.
Futbolchi mahalliy "Persib Bandung" klubida to'p suradi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.
Yangi jamoada u o'ziga uchinchi raqamini tanladi. Kyurzava "Persib"ga mutlaqo tekinga o'tdi, chunki u erkin agent maqomida edi.
Uning so'nggi jamoasi Portugaliyaning "Boavishta" klubi bo'lib, Kyurzava 2025 yilning yozida shartnoma muddati tugashi munosabati bilan klubni tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252