Spalletti "Yuventus" futbolchisini o'zga sayyoralik deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi Kenan Yildizning o'yinidan yana bir bor hayratda qoldi.
20 yoshli futbolchi A Seriya 22-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yinda (3:0) "keksa sinora" safida gollardan birini kiritdi.
"Yildiz - o'zga sayyoralik, oddiy futbolchi emas. Vaqti-vaqti bilan u oddiy odam bo'lib ko'rinish uchun nimadir noto'g'ri qiladi," - dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.
Turkiyalik yosh yulduz Italiya chempionatining joriy mavsumida 21 ta bahsda 8 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242