Endrik asr boshidan beri Liga 1da xet-trik qayd etgan to'rtinchi eng yosh futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Madridning "Real" klubidan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik "Metts"ga qarshi o'yinda (5:2) xet-trik qayd etdi.
Madrid Zone ma'lumotlariga ko'ra, Endrik 19 yoshu 188 kunligida 21-asr boshidan beri Frantsiya chempionatida eng yosh xet-trik mualliflari ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egalladi. Ro'yxatning yuqori qismida Jeremi Menez (17 yosh 260 kun), Kilian Mbappe (18 yosh 53 kun) va Usmon Dembele (18 yosh 296 kun) joy olgan.
Endrik yanvar oyi boshida "Real"dan kelganidan beri "Lion" safida uchta o'yinda jami to'rtta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232