"Chelsi" 19 yoshli futbolchi uchun 40 mln evro tayyorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

"Trabzonspor" yarim himoyachisi Krist Inao Ulai "Chelsi"ga o'tishi mumkin.
"Ko'klar" 19 yoshli futbolchini mavsum yakunlangach o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Transfer News Live nashrining Africa Foot’ga tayanib xabar berishicha, "Chelsi" istiqbolli ivuarlik futbolchi uchun 35 mln funt (40 mln evrodan ortiq) to'lashga tayyor.
Krist Inao Ulai "Trabzonspor" safida Turkiya Superligasining joriy mavsumida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 8 mln evroga baholamoqda, futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278