"Chelsi"ning vingeri Estevao APLning so'nggi 33 yillik rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263

"Chelsi" vingeri Estevao Villian yakshanba kuni Premer-ligada "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan o'yin (3:1) qahramonlaridan biriga aylandi.
34-daqiqada braziliyalik futbolchi hisobni ochgan bo'lsa, 50-daqiqada hamyurti Joao Pedroga assistentlik qildi. Shu tariqa Estevao (18 yosh-u 276 kunlik) Premer-ligada bir o'yinda gol va golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan 33 yil ichidagi eng yosh futbolchi bo'ldi, deb xabar beradi Opta. Butun tarix davomida faqat bitta futbolchi yanada yoshroq holatda APL o'yinida gol va golli uzatmani amalga oshirgan - 1993 yil aprel oyida Nil Shipperli (18 yosh va 164 kun).
Estevao Evropada o'zining birinchi mavsumini o'tkazmoqda. U o'tgan yilning yozida Braziliyaning "Palmeyras" klubidan "Chelsi"ga ko'chib o'tgan edi.

Bosh sahifaga
351