Nevill: "Manchester Yunayted"dan hech kim buni kutmagandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning Maykl Kerrik davridagi muvaffaqiyatlarini baholadi.
"Qizil iblislar" vaqtinchalik murabbiy qo'l ostidagi ikki uchrashuvda "Manchester Siti" (2:0) va "Arsenal"ni (3:2) mag'lub etishdi.
"Bu o'yinlarda jamoa olti ochko to'plashini kutganmidim? Yo'q, aslo. Bunday natijalarni ham, bunday darajadagi o'yinni ham kutmagandim. Buni hech kim kutmagan edi. Bu voqealarning ta'sirli burilishidir. Savol tug'iladi: qanday qilib Karrik qisqa vaqt ichida futbolchilarni shunchalik o'zgartira oldi?" - dedi Nevill Sky Sports studiyasida "MYu"ning "kanonirlar" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351