Yildiz Ronaldu va del Peroning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

Kenan Yildiz "Yuventus"ning "Napoli" darvozasiga kiritgan uchta golidan biriga mualliflik qildi. Uchrashuv Luchano Spalletti jamoasining yirik 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Opta xabariga ko'ra, 20 yoshli turk "Yuventus" safida A Seriyaning "Napoli"ga qarshi har ikki davra o'yinida (g'alaba uchun uch ochko berilgan vaqtda) gol urgan beshinchi futbolchi bo'ldi.
Bungacha Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro Del Pero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabritsio Ravanelli (1994/95) shunday qilgan.
Joriy mavsumda Italiya chempionatida Kenan Yildiz hisobida jami sakkizta gol bor, shuningdek, hujumchi jamoadoshlariga to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312