«Milan» futbolchisi Angliyaga qaytishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik hozirgi klubini tark etishni rejalashtirmayapti.
"Chelsi"ning 30 yoshli tarbiyalanuvchisi Angliya Premer-ligasiga qaytishi haqida xabarlar chiqqan edi, xavbekka "Latsio" ham qiziqish bildirgandi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, so'nggi haftalarda futbolchi rimliklar, Angliyaning ikki klubi va Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasiga rad javobini berishga ulgurgan. "Rossonerilar" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ruben Loftus-Chikning "Milan" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 10 mln evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324