Kunya: «Arsenal» — hozirda dunyoning eng kuchli jamoasi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya Angliya chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga (3:2) qarshi o'yinga munosabat bildirdi.
"Menimcha, biz xarakter va kuch ko'rsatdik. Bu stadionda nimani kutish mumkinligini bilardik. To'g'risini aytsam, "Arsenal" hozirda dunyoning eng yaxshi jamoasi deb hisoblayman.
Ular Arteta qo'l ostida shunchalik uzoq vaqt o'ynashdiki, u sezgan har bir taktikani, har bir mayda-chuydani bilishadi. Shuning uchun bu erda qiyin bo'lishini bilardik, ammo biz "Manchester Yunayted"miz va qilayotgan barcha ishimiz g'alabaga qaratilgan", - dedi mankunianliklarga g'alaba keltirgan golni urgan braziliyalik forvard.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316