Liga 1. "Lion" Endrik xet-trik qayd etgan bahsda safarda "Metts"ni tor-mor keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 774

"Lion" safarda Frantsiya chempionatining 19-turida "Metts" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi - 5:2.
Mehmonlar safida "Real"dan ijaraga olingan Endrik het-trik qayd etdi, bittadan golga Ruben Klyuyvert va Tayler Morton mualliflik qildi. Mezbonlardan Habib Diallo va Koffi Kuao o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
"Lion" qatorasiga to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 36 ochko bilan 1-liga turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. "Metts" 12 ochko bilan so'nggi pog'onada bormoqda.
Metts - Lion - 2:5
Gollar: Endrik, 11 (0:1). Klyuyvert, 16 (0:2). Morton, 32 (0:3). Kuao, 34 (1:3). Endrik, 45 (1:4). Diallo, 64 (2:4). Endrik, 87 - s penalti (2:5)
Metts: Fisher, Gbamen, Yegbe (Mbula, 63), Kolen (Abuashvili, 78), Kuao, Traore, Ture (Stambuli, 62), Deminge (Munongo, 63), Tsitaishvili, En (Sane, 88), Diallo
Lion: Greyf, Klyuyvert, Mata, Xatebur, Meytland-Nayls, Tessmann, Tolisso (Niakate, 46), Morton, Moreyra (Xamdani, 90), Mera (de Karvalo, 74), Endrik (Ximbert, 90)
Ogohlantirishlar: Kuao, 72
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
303