Endrik xet-trik muallifiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2599

"Lion" hujumchisi Endrik Liga 1 doirasida "Metts"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi Frantsiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan o'yinning 11-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan birinchi daqiqada Endrik yana gol urdi va uchinchi golni 87-daqiqada penaltidan kiritdi.
Endrik shu yilning yanvarida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o'tgan edi. Klubdagi uchta o'yinda forvard to'rtta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310