O'rtoqlik o'yini. 7ta gol urilgan bahsda «Dinamo» kambekni amalga oshirib, TsSKAni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8460

Dinamo» jamoasi Abu-Dabida Rossiyaning 6 karra chempioni TsSKAga qarshi maydonga tushib, ajoyib g'alabaga erishdi.
Vadim Abramov shogirdlari Moskva klubi bilan bahsda milliy jamoaga yo'l olgan Anvarjon Hojimirzaev, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir O'rozov va Edem Nemanovsiz to'p surgan bo'lsa-da, TsSKAning asosiy tarkibini mag'lub etishga erishdi.
Birinchi bo'limda To'xtasinov va Amonovning golidan keyin taym 2:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, ikkinchi bo'limda TsSKA 3:2 hisobida oldinda borgan bo'lsa-da, Samarqand jamoasi Qodirqulovning goli bilan hisobni 3:3ga aylantirdi, 90+2-daqiqada esa yosh yarimhimoyachi Abdulahad Hoshimov o'zbek klubiga Rossiya jamoasi ustidan g'alaba keltirdi – 4:3. Superkambek!
Xalqaro o'rtoqlik o'yini.
25 yanvar, Abu-Dabi.
TsSKA (Moskva, Rossiya) – Dinamo (Samarqand, O'zbekiston) – 3:4
Gollar: - Nurillo To'xtasinov 13, Azizbek Amonov 35, Sanjar Qodirqulov 82, Abdulahad Hoshimov 90+2
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Mauro Brazil, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Kingsli Sarfo, Nurillo To'xtasinov, Xislat Xalilov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Til Mavretich, Oybek Hamroqulov, Mirjahon Mirahmadov, Rasul Yo'ldoshev, Ulug'bek Hoshimov, Behruzbek Obloqulov, Akbar Xudoyberdiev, Bektemir Abdumannonov, Abdulahad Hoshimov.

Bosh sahifaga
296