Luis Enrike "PSJ" futbolchisining transferini blokladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 849
41
Hujumkor yarim himoyachi Li Kan Inga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Ammo, "PSJ" Madrid klubi bilan muzokaraga ham kirishib o'tirmadi. Marca xabariga ko'ra, 24 yoshli koreyalik futbolchining transferini parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bloklagan. U Li Kan-Inning turli pozitsiyalarda harakat qilish qobiliyatini yuqori baholaydi. Murabbiyning fikricha, bu futbolchi "PSJ"ning taktik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Li Kan In 2023 yil yozidan beri "PSJ" sharafini himoya qilmoqda. O'shandan beri janubiy koreyalik 106 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining Parij grandi bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
410