2026 yilda ham "Santyago Bernabeu"da NFL o'yini o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 758

NFL 2026 yilgi mavsumda ham "Santyago Bernabeu" stadionida muntazam mavsum o'yinini o'tkazmoqchi.
The Athletic xabariga ko'ra, NFL va "Real" 2026 yildan keyin ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 2027 yilda ham liganing yana bir o'yini Madridda o'tkazilishi kutilmoqda.
"Bernabeu"da ilk bor NFL o'yini o'tgan yilning noyabrida bo'lib o'tgan - Madridda "Mayami" va "Vashington" o'zaro to'qnash kelgandi. Madrid meriyasining sport bo'yicha direktorining so'zlariga ko'ra, o'yin chiptalari birinchi kunning o'zidayoq to'liq sotib bo'lingan.
"Real" rahbariyati liga bilan munosabatlarni ijobiy baholamoqda va uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yishni kutmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414