"Barselona" va "PSJ" transfer borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678
38
"Barselona" va "PSJ" transfer borasida kelishuvga erishdi. Kutilganidek, yarim himoyachi Dro Fernandes faoliyatini Parijda davom ettiradi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Barselona" va "PSJ" o'zaro kelishuvga erishgan. Bu summa 18 yoshli Fernandesning shartnomasida sotib olish huquqi sifatida ko'rsatilgan 6 million evrodan biroz ko'proqni tashkil qiladi.
Avvalroq "PSJ" "Barselona" bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun Dro Fernandes uchun biroz ko'proq pul to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Dro Fernandesning o'zi o'tgan haftadayoq "PSJ" bilan shartnoma borasida kelishib olgandi. Tez orada transfer haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412