Rasman. Nani «Aktobe» futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 828

Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubining sobiq yarim himoyachisi va Luish Nani Qozog'istonning «Aktobe» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Hozircha 39 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Luish Nani — 2016 yil Evropa chempioni, Angliya Premer-ligasining to'rt karra chempioni hamda Chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi.
O'tgan mavsum Qozog'iston Premer-ligasida «Aktobe» yakuniy turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallagan edi. Yaqinda tadbirkor Nurlan Artiqbaev klub egasiga aylandi. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, uning boyligi 228 million dollarga teng. Joriy mavsum oralig'ida «Aktobe» ehtimoliy shov-shuvli transferlar borasida QPLning eng faol yangilik manbai sifatida e'tirof etilmoqda.

Bosh sahifaga
415